inadvance

Maxfiylik siyosati

1-versiya · 4-oktabr, 2026 dan amal qiladi

Dastlabki matn — yurist koʻrib chiqqunga qadar amal qiladi.

1. Qanday maʼlumot yigʻamiz

  • Hisob: ism, email, Google yoki Telegram identifikatori, shahar (ixtiyoriy).
  • Bron: telefon raqami, joy egasiga izoh, bron tarixi, sharhlar va rasmlar.
  • Toʻlov: summa va toʻlov holati. Karta raqamini Payme yoki Click qabul qiladi — biz saqlamaymiz.
  • Joy egalari: biznes rekvizitlari, roʻyxatdan oʻtish va manzil hujjatlari, toʻlov uchun karta yoki hisob raqami (shifrlangan holda).
  • Texnik: IP manzil, brauzer, kirish sessiyalari; joy sahifalarini koʻrishlar soni (anonim).

2. Nima uchun ishlatamiz

  • Bron qilish, toʻlovni qabul qilish va qaytarish, joy egasiga pul oʻtkazish.
  • Bildirishnomalar: bron tasdigʻi va eslatmalar (Telegram va brauzer orqali, sozlamalarda oʻchirish mumkin).
  • Nizolarni koʻrib chiqish, firibgarlikka qarshi kurash, qonun talablarini bajarish.

3. Kimga beramiz

  • Joy egasi: ismingiz va telefoningiz — faqat bronni bajarish uchun.
  • Payme / Click: toʻlov va qaytarish uchun.
  • Qonunda nazarda tutilgan hollarda — vakolatli davlat organlariga.

Maʼlumotlaringizni sotmaymiz va reklama uchun bermaymiz.

4. Qayerda va qancha saqlaymiz

Maʼlumotlarni saqlash joyi va muddatlari yurist bilan kelishilmoqda (Oʻzbekiston Respublikasining «Shaxsga doir maʼlumotlar toʻgʻrisida»gi qonuni). Biznes yopilganda hujjatlar 30 kun ichida oʻchiriladi.

5. Sizning huquqlaringiz

  • Profil sahifasida maʼlumotlaringizni koʻrish va oʻzgartirish.
  • Kirish sessiyalarini koʻrish va tugatish.
  • Hisobni oʻchirish (profil sahifasida).
  • Bildirishnomalarni oʻchirish.

6. Xavfsizlik

Parollar xeshlangan holda, toʻlov rekvizitlari shifrlangan holda saqlanadi. Administrator harakatlari audit jurnaliga yoziladi.

7. Aloqa

Savollar boʻlsa — Telegram orqali yozing (odam 09:00–21:00 da javob beradi).